O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qilishini ma’lum qildi.
Muftiy Usmonxon Alimov o‘pka pnevmoniyasi va qon-tomir kasalliklaridan davo muolajalarini hanuz Moskvada olayotgani ma’lum qilindi. «Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.
Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilishi maqomida bo‘lishiga fatvo berildi. Musulmonlar idorasi «Gazeta.uz»ga ushbu shaxslarga ham janoza o‘qilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi musulmonlar uchun tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qildi. Idora «noo‘rin bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishga, noto‘g‘ri xatti-harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga» chaqirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 31 iyul kuni Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lishini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting